Oston O‘runov sobiq jamoasiga qaytdi

Oston O‘runov sobiq jamoasiga qaytdi
“Spartak” Oston O‘runovni mavsum uchun qaydnomadan chiqargani haqida xabar bergandik. U mavsumning 2-qismini sobiq jamoasi “Ufa”da davom ettiradi. Bu haqda saytimizga futbolchining agenti ma’lum qildi.

Ufaliklar uni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. O‘runov “Spartak” tarkibida 9 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Ufa” sharafini himoya etgan va 2020 yil avgustida Moskva klubiga ko‘chib o‘tgandi.
Oston O‘runov sobiq jamoasiga qaytdi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar