
Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning «Spartak»dan «Ufa»ga yo‘l olgani borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Barchasi O‘runov «Spartak»da qola olmasligiga qarab ketayotgandi. Shamil Gazizovning ketgani Ostonga ham ta’sir qilishi aytilgandi. Agar O‘runov «Ufa»da o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olsa, qaytish qarori o‘zini oqlagan bo‘ladi.
Istalgan futbolchi faoliyatida yuqorilash va sho‘ng‘ish bo‘ladi. Hammasi yarim himoyachining o‘ziga bog‘liq. U o‘z o‘yini bilan «Spartak»ga qaytishga loyiqligini isbotlashi mumkin", - dedi Vadim Abramov.
Eslatib o‘tamiz, O‘runov qishki transfer oynasida «Spartak»dan ijara asosida «Ufa»ga yo‘l oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar