Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Verona" uchrashuvi 2:2 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlanganidan xabardorsiz. Ushbu o‘yindan so‘ng, "griffonlar" bosh murabbiyi Davide Ballardini quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- "Men "Verona"ga qarshi uchrashuvdagi natijadan juda xursandman. Veronaliklarda real g‘oyalar, kuchli va sifatli futbolchilar bor. Jamoam o‘zining eng yaxshi holatida emasdi. Shuning uchun ham, ushbu ochko juda qadrli. 10 kishi bo‘lib qolgan paytda hisobni tenglashtirib olganimiz ajoyib bo‘ldi. Bu kabi o‘yinlar senga oldinga intilish uchun kuch beradi.
Derbilar boshqa bellashuvlardan farq qiladi. Bunday uchrashuvlar qaysi darajada ekanligingizni yaqqol ko‘rsatib turadi. Keling, ortga nazar tashlaymiz: jamoam bilan klub murabbiylar postiga kelganimizda "Jenoa" nechanchi pog‘onada edi? Har bir ochko qattiq mehnat, mashg‘ulot va g‘oyalar ortidan kelmoqda.
Bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan keyin ham o‘z maydonimizda emas, raqib tarafda o‘ynadik", - dedi Ballardini. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi