08:51 / 23.02.2021
1 666

A Seriya. «Yuventus» yirik hisobda g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl

A Seriya. «Yuventus» yirik hisobda g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 23-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida 22 fevral, dushanba kuni «Krotone»ni qabul qildi.
Turinliklar uchrashuvni to‘liq o‘z nazoratida o‘tkazdi. 38-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunida uning o‘zi oradagi farqni oshirdi. Bellashuvning 66-daqiqasida Ueston Makkenni yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:0.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Andrea Pirlo boshchiligidagi jamoa ochkolari sonini 45 taga yetkazdi. Jamoa ayni damda turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. «Keksa sinora» 2-o‘rindagi «Milan»dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. Turin klubi zaxirasida yana bir o‘yin mavjud. «Krotone» 23 turda bor yo‘g‘i 12 ochko to‘plashga erishgan holda so‘nggi o‘rinni band qilgan.

23-turdan so‘ng A Seriya turnir jadvali quyidagachi ko‘rinish oldi:

«Yuventus»—«Krotone» 3:0
Gollar:
1:0 – 38 Ronaldu, 2:0 – 45 Ronaldu, 3:0 – 66 Makkenni.
«Yuventus»: Buffon, Demiral, de Ligt, Danilo, Aleks Sandro (Frabotta, 86), Remzi (Bernardeski, 76), Bentankur (Fadjoli, 70), Kulusevski (Morata, 76), Makkenni, Keza (Di Pardo, 86), Ronaldu.
«Krotone»: Kordas, Pedru Pereyra, Magalyan, Luperto (Marrone, 46), Retsa (Rispoli, 67), Unas (Nvankvo, 72), Molina (Dzanellato, 71), Junior Messias, Vulich, Golemich, Di Karmine (River, 77).
Ogohlantirishlar: Remzi (20), Danilo (50), Marrone (52), Frabotta (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. «Yuventus» yirik hisobda g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl