
O‘FF sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda O‘zbekiston futbol va futzal terma jamoalarimiz o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Uchrashuv avvalida futzalchilarimiz Javlon Anorovning aniq zarbasi evaziga hisobni ochishdi - 0:1. Ikkinchi taym o‘rtalarida Aziz Haydarov avtogol muallifiga aylandi - 0:2. O‘yin oxirida Davron Choriyev va Dilshod Rahmatov ham futbolchilarimizni ranjitishdi - 0:4.

O‘zbekiston futbol MTJ - O‘zbekiston futzal MTJ 0:4
Gollar: Javlon Anorov 0:1. Aziz Haydarov (avtogol) 0:2. Davron Choriyev 0:3. Dilshod Rahmatov 0:4.
O‘zbekiston futbol MTJ: Sanjar Quvvatov, Sarvar Karimov, IbrohimHalil Yuldashev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Timur Kapadze, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odiljon Hamrobekov, Hojimat Erkinov, Nurillo To‘xtasinov, Azizbek Turg‘unboyev, Sunnatilla Abdullajonov, Ulug‘bek Abdullayev.
O‘zbekiston futzal MTJ: Rustam Umarov, Ravshan Eliboyev, Dilshod Rahmatov, Davron Choriyev, Mashrab Odilov, Akbar Usmonov, Javlon Anorov, Shuhrat Tojiboyev, Farhod Abdumavlonov, Konstantin Sviridov, Andrey Shlyoma, Dilshod Irsaliyev, Artur Yunusov, Nodir Eliboyev.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar