18:30 / 27.02.2021
1 766

Oston O‘runov zaxiradan tushgan o‘yinda «Ufa» imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Oston O‘runov zaxiradan tushgan o‘yinda «Ufa» imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 20-turida «Ufa» 27 fevral, shanba kuni «Ximki» maydoniga safar qildi.

Bellashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 49-daqiqada Muhammad Konate «Ximki»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 62-daqiqaga kelib, Denis Glushakov oradagi farqni 2 taga oshirdi. Mehmonlarning yagona goliga esa 90+4-daqiqada Vladislav Kamilov mualliflik qildi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov mazkur bahsda 46-daqiqadan boshlab harakat qildi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Ximki» ochkolari sonini 28 taga yetkazib, 9-pog‘onaga ko‘tarildi. «Ufa» esa 13 ochko jamg‘argan holda 15-o‘rinda bormoqda.

«Ximki» — «Ufa» 2:1
Gollar:
1:0 – 49 Konate, 2:0 – 62 Glushakov, 2:1 – 90+4 Kamilov.
«Ximki»: Lantratov, Tixiy, Filin, Danilkin, Idovu, Troshechkin (Kamishev, 83), Bojenov, Kuxarchuk, Glushakov, Mirzov (Mogileves, 90), Konate.
«Ufa»: Belenov, Nikitin, Morozov, Pliyev, Mrzlyak, Kamilov, Golubev (O‘runov, 46), Yokich, Tabidze (Sisuyev, 85), Andrich, Jamaletdinov.
Ogohlantirishlar: Kamilov (7), Kuxarchuk (21), Bojenov (34), Troshechkin (40), Konate (60).
Chetlatish: Kuxarchuk (74).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov zaxiradan tushgan o‘yinda «Ufa» imkoniyatni boy berib qo‘ydi