22:33 / 28.02.2021
2 428

Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi

Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 24-turida «Jenoa» 28 fevral, yakshanba kuni «Inter» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda milanliklar Eldor Shomurodov jamoasiga imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida mezbonlar hujumchisi Romelu Lukaku hisobni ochdi. Shundan so‘ng 1-bo‘limda hisob o‘zgarmadi.

69-daqiqada Lukakuning uzatmasidan so‘ng Matteo Darmian «Inter»ning ikkinchi golini urdi. 77-daqiqada Aleksis Sanches mehmonlar darvozasiga to‘p kiritib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Eldor Shomurodov ushbu uchrashuvning 62-daqiqasida maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Antonio Konte shogirdlari peshqadamlikni mustahkamladi. Jamoa hisobida 56 ochko mavjud. O‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan «Jenoa» esa 24 turda 26 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 13-pog‘onasida qayd etilgan.

«Inter M»—«Jenoa» 3:0
Gollar:
1:0 – 1 Lukaku, 2:0 – 69 Darmian, 3:0 – 77 Sanches.
«Inter»: Handanovich, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Darmian (D’Ambrozio, 84), Brozovich (Galyardini, 76), Perishich (Yang, 84), Eriksen, Barella (Vidal, 85), Martines (Sanches, 76), Lukaku.
«Jenoa»: Perin, Chiborra, Goldaniga, Sapata, Gilone (Shomurodov, 62), Melegoni (Portanova, 71), Radovanovich (Ongene, 46), Strotman (Behrami, 46), Rovella, Pyatsa, Skamakka (Pandev, 62).
Ogohlantirishlar: Sapata (18), Strotman (40).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi