Diyor Imomxo‘jayev: "Paxtakor" va AGMK "PES-2022" simulyatoriga kiritilishi mumkin

Diyor Imomxo‘jayev: "Paxtakor" va AGMK "PES-2022" simulyatoriga kiritilishi mumkin
O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev "Telegram" sahifasida post qoldirdi. Unda OCHLda qatnashadigan jamoalarimizning "Pro Evolution Soccer" simulyatoridan o‘rin olishi haqidagi fikrlar o‘rin olgan:

"OFK va "Konami" o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, endilikda OCHL o‘yinlari mashhur futbol simulyatori "Pro Evolution Soccer" ichidan joy oladi.

Shu yilning sentabrida chiqadigan "PES-2022" simulyatoridan "Paxtakor" va AGMK klublari ham o‘rin olishi mumkin. Buning uchun, ular 5 martga qadar klub futbolchilari va bosh murabbiy fotosuratlari, jamoaning o‘yin formasi na’munalarini qit’a futbol uyushmasiga taqdim etishi lozim", - dedi Diyor Imomxo‘jayev.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar