08:28 / 04.03.2021
2 185

A Seriya. Eldor Shomurodov 82 daqiqa o‘ynagan bahsda «Jenoa» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

A Seriya. Eldor Shomurodov 82 daqiqa o‘ynagan bahsda «Jenoa» g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 25-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 3 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Jenoa» o‘z uyida «Sampdoriya»ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Davide Zappakosta maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 77-daqiqada Lorenso Tonelli muvozanatni tikladi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 82-daqiqada zaxiraga olindi.

«Milan» o‘z uyida «Udineze» bilan bahs yuritdi. 68-daqiqada Rodrigo Bekao mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Milanliklar esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi onlarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

«Roma» Florensiyada «Fiorentina»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Atalanta» esa «Krotone» darvozasiga beshta to‘p yo‘llab, yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Napoli» gollarga boy bo‘lgan o‘yinda «Sassuolo» bilan durang o‘ynadi.

Mazkur tur doirasida 4 mart oqshomida «Parma»—«Inter» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. «Latsio»—«Torino» o‘yini esa turinliklar jamoasida koronavirus tarqalgani sabab noma’lum muddatga qoldirildi.

3 mart kungi o‘yinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

«Jenoa» — «Sampdoriya» 1:1
Gollar:
1:0 – 52 Zappakosta, 1:1 – 77 Tonelli.
«Jenoa»: Perin, Krishito, Goldaniga, Masello, Zappakosta, Strotman (Kassata, 82), Radovanovich, Zays, Badel, Destro (Pandev, 73), Shomurodov (Pyatsa, 82).
«Sampdoriya»: Audero, Tonelli, Aujello, Kolli, Bereshinski, Verre (Yankto, 59), Adriyen Silva, Ekdal, Kandreva, Keyta Balde (Gabbyadini, 71), Kualyarella (Ramires, 78).

Ogohlantirish: Badel (34).

«Milan» — «Udineze» 1:1
Gollar:
0:1 – 68 Rodrigo Bekao, 1:1 – 90+7, penalti Kessie.
«Milan»: Donnarumma, Romanoli, Kalulu (Kalabriya, 63), Teo, Ker, Kessie, Tonali (Meyte, 46), Rebich, Kastilexo (Salemakers, 75), Brahim Dias (Heuge, 63), Rafael Leau.
«Udineze»: Musso, Molina, Bonifatsi, Nyuytink, Zegelar (Larsen, 71), Arslan (Uolas, 71), Makengo (Lorente, 56), Pereyra (Samir, 82), de Paul, Rodrigo Bekao, Nestorovski.
Ogohlantirishlar: Rebich (24), Teo (32), Zegelar (54), Romanoli (90), Kessie (90).

«Fiorentina» — «Roma» 1:2
Gollar:
0:1 – 48 Spinatssola, 1:1 – 60, avtogol Spinatssola, 1:2 – 88 Diavara.

«Atalanta» — «Krotone» 5:1
Gollar:
1:0 – 12 Gozens, 1:1 – 23 Nvankvo, 2:1 – 48 Palomino, 3:1 – 50 Muriel, 4:1 – 58 Ilichich, 5:1 – 85 Miranchuk.

«Sassuolo» — «Napoli» 3:3
Gollar:
1:0 – 34, avtogol Maksimovich, 1:1 – 38 Zelinski, 2:1 – 45, penalti Berardi, 2:2 – 72 Di Lorenso, 2:3 – 90, penalti Insine, 3:3 – 90+5, penalti Kaputo.

«Kalyari» — «Bolonya» 1:0
Gol:
1:0 – 19 Rugani.

«Benevento» — «Verona» 0:3
Gollar:
0:1 – 25 Faraoni, 0:2 – 34, avtogol Fulon, 0:3 – 50 Lazanya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Eldor Shomurodov 82 daqiqa o‘ynagan bahsda «Jenoa» g‘alabani qo‘ldan chiqardi