19:48 / 06.03.2021
2 807

O‘zbekiston Superkubogi. Dragan Cheran: "Nasaf"dagi barchasiga bosh murabbiy "aybdor"

O‘zbekiston Superkubogi. Dragan Cheran: "Nasaf"dagi barchasiga bosh murabbiy "aybdor"
O‘zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Dragan Cheran ham ishtirok etdi.

Dragan Cheran: - Kuchli raqibga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdik. Doim "Nasaf" bilan o‘yinlar qiziqarli kechadi. Raqibni jiddiy o‘rgandik va yakunda bu bizga foyda keltirdi. "Paxtakor" tarixida birinchi marta bu sovringa ega chiqdik. Nomimizni tarixga yozdirib qo‘ydik. Baxtlimiz. 4 kundan so‘ng Superliga doirasida yana "Nasaf"ga qarshi o‘ynaymiz. Bugungi g‘alaba tarixda qoldi va yangi o‘yinga tayyorlanamiz.

- Bugun Sayfiyevning to‘p uzatishidan keyin gol urdingiz. Siz ham, u ham "Nasaf"da o‘ynagansiz. "Nasaf"da nimadir bormi? Nima uchun har yili yaxshi futbolchilar yetishib chiqaveradi?
- "Nasaf"da yaxshi murabbiy bor. Akademiyadan har yili yoshlarni asosiy jamoaga tayyorlaydi. Keyinchalik ular boshqa jamoaga o‘tishlari mumkin. Barchasiga bosh murabbiy "aybdor" (kuladi). Albatta ijobiy ma’noda aybdor.

- O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashingiz haqida ko‘plab gap so‘zlar chiqdi...
- Ayni paytda aniq hech nima ayta olmayman. Balki, xudo xohlasa o‘ynarman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Superkubogi. Dragan Cheran: "Nasaf"dagi barchasiga bosh murabbiy "aybdor"