23:30 / 09.03.2021
2 064

"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Biz bugungi g‘alabani Temurxo‘jaga bag‘ishlamoqchi edik, biroq bu o‘xshamadi..."

"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Biz bugungi g‘alabani Temurxo‘jaga bag‘ishlamoqchi edik, biroq bu o‘xshamadi..."
Bugun Olmaliqda AGMK klubi Superliga yangi mavsumining ilk turi doirasida "Lokomotiv"ni mehmon qildi. O‘yin mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra saytimiz xodimlariga uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Bugun juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biroz muammolar ham kuzatildi. Birinchi bo‘limdagi ilk goldan so‘ng o‘zimizga kelib olishimiz ozroq qiyin bo‘ldi, biroq biz buni uddaladik va javob golini urishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi taymdagi harakatlarimiz esa birinchisiga o‘xshamadi. Lekin jamoamizning har bir a’zosi o‘ziga yuklangan vazifani to‘liq bajardi. Biz o‘z ustimizda ishlashni davom ettiramiz va keyingi o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlikni boshlaymiz".

- Temurxo‘ja Abduxoliqovning yo‘qligi rejalaringizni qay darajada o‘zgartirib yubordi?
"Temurxo‘ja qobiliyatli futbolchi. Bugungi o‘yinni aynan unga bag‘ishlab o‘ynamoqchi edik, bizning g‘alabamiz unga ajoyib sovg‘a bo‘lar edi. Lekin maqsadimiz biroz o‘xshamadi. O‘ylaymizki, keyingi bahslarda biz yaxshiroq harakat qilib, g‘alabalarni qo‘lga kiritamiz".

- Jamoa qisqa paslarga asoslangan o‘yin ko‘rsatmoqda, shu sababli kichik xatolar ham kuzatildi. Darvozabonning o‘yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
"Avvalambor, men jamoamdagi o‘yinchilarning o‘yinidan qoniqdim. Lekin kamchiliklar hammada ham bo‘ladi. AGMK jamoasini ham g‘alaba bilan tabriklayman. Ular g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatdi. Biz esa buyog‘iga faqat kelasi o‘yinlarni o‘ylashimiz zarur".

- "Lokomotiv"ning mavsumoldi o‘yinlarini yopiq tarzda o‘tkazishi sababi nimada? Hattoki raqib jamoa vakillari o‘yinni tasvirga olishga ruxsat so‘raganda qarshilik bildirilgan, bundan qanday maqsad ko‘zlangan?
"Ochig‘i bu savolingizga javob berishni xohlamayman. Hozir xayolimda faqat keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish masalasi turibdi. Shu sabab, biron narsa xususida gapirolmayman. Buning uchun uzr".

- AGMK 2-bo‘limda "Lokomotiv"ga umuman imkoniyat qoldirmadi. Shundan keyin ham o‘yinchilaringizdan qoniqish hosil qilganingizni qanday izohlab berolasiz?
"Hali aytganimday, jamoamdagi o‘yinchilarning o‘yini yoqdi. Ularga yuklangan vazifani maksimal bajarishdi. Faqatgina 2-bo‘limda raqibimizga omad kelib, gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bizda vaqt kam qolgandi va shu sababli, hisobni tenglashtira olmadik. Umuman olib qaraganda esa, yaxshi o‘ynadik, deya olaman", - deydi portugaliyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Biz bugungi g‘alabani Temurxo‘jaga bag‘ishlamoqchi edik, biroq bu o‘xshamadi..."