
Foto: OFK
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) markazlash tizimda o‘tkaziladigan Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqich o‘yinlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Paxtakor» harakat qiladigan B guruhi o‘yinlari BAAning Sharja shahrida bo‘lib o‘tadi. OKMK guruh bosqichiga yo‘llanma oladigan bo‘lsa, A guruhi vakillari bilan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘ynaydi.
Quyidagi guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan shaharlar bilan tanishing:
G‘arb mintaqasi:
A guruhi — Ar-Riyod (Saudiya Arabiston)
B guruhi — Sharja (BAA)
C guruhi — Jidda (Saudiya Arabiston)
D guruhi — Ar-Riyod (Saudiya Arabiston)
E guruhi — Hindiston
Sharq mintaqasida F, G va J guruhlariga Tailand mezbonlik qiladi. H va I guruhlaridagi vaziyat hali noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» B guruhida «Sharja» (BAA) va «Traktorsozi»ga (Eron) qarshi o‘ynaydi. To‘rtinchi raqib nomi «Al-Vahda» (Saudiya Arabistoni) — «Al-Quva al-Javiya» (Iroq) pley-off o‘yinidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OCHL mezbonligi uchun ariza topshirmagan. Biroq «Nasaf» va OKMK OFK Kubogi guruh bosqichini o‘zida o‘tkazish xohishini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar