date
views 2 142

O‘zbekistonlik Anvar Boynazarov 14 mart tongida MMA’dagi 2-jangini o‘tkazadi

O‘zbekistonlik Anvar Boynazarov 14 mart tongida MMA’dagi 2-jangini o‘tkazadi
Foto: Instagram
Toshkent vaqti bilan 14 mart tongida AQSHning Orlando shahrida Combat Night Pro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik yakkakurashchi Anvar Boynazarov (1-0) professional MMA’dagi 2-jangini o‘tkazadi. 31 yoshli Boynazarovga amerikalik jangchi Rob Fuller (1-7) raqib bo‘ladi.

Mazkur jang musobaqaning asosiy kardidan o‘rin oldi. Combat Night Pro Orlando musobaqasining asosiy kard janglari Toshkent vaqti bilan 07:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Musobaqa O‘zbekiston telekanallari orqali efirga uzatilmaydi. Boynazarov ishtirokidagi jang videosini bu kuzatib borish mumkin — havola.

Foto: Instagram
Eslatib o‘tamiz, «The Uzbek» MMA’dagi debyut jangini 2020 yilning dekabrida o‘tkazgan va unda Henri Li Krappni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik Anvar Boynazarov 14 mart tongida MMA’dagi 2-jangini o‘tkazadi