Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Teng kurashlar ostida kechgan o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida qo‘qonliklar murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi:
"Qizilqum" bu mavsum avvalgilardan ko‘ra kuchli va tajribaliroq tarkib yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindan avval yigitlarga ham bu haqida aytgan edim. O‘zimizning maydonda birinchi bor o‘ynaganimiz uchun ba’zi rejalarimiz amalga oshmagandir. To‘pni nazorat qilish va maydon markazini bosib o‘tishga qiynaldik. Xatolar bo‘ldi, biroq ularni imkon qadar tuzatishga harakat qildik.
Kecha "Turon" ishtirokidagi o‘yinda hakamlar xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Buni barcha futbol muxlislari ko‘rdi. "Turon" uchun juda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Ular durangga loyiq edi. Islom Ismoilov - yosh murabbiy. To‘g‘ri, u juda qiziqqonlik bilan o‘z fikrlarini bildirdi. Ammo biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Biz murabbiylar bu vaziyatni to‘g‘ri tushunamiz.
Menimcha, birinchi turdagi o‘yinimizda hammasi yaxshi bo‘lgandi. U kecha jahl ustida ilk turdagi bahsni ham nohaq deb o‘tdi. Biroq uchrashuvdan keyin "Turon" prezidenti ham bizni g‘alaba bilan tabrikladi. Mag‘lubiyatni tan olishni bilish kerak. Masalan, biz bugun g‘alaba qozona olmadik va aybni o‘zimizdan izlaymiz". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot