
Chempionlar Ligasining chorakfinaliga chiqqan yana ikki jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.
Bergamodan minimal hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan «Real» «Atalanta»ni Madridda ham mag‘lub etdi. Benzema, Ramos va Asensioning gollariga Muriel bir bor javob berdi.
«Manchester Siti» Myonxenladbaxning «Borussiya»siga ikkinchi o‘yinda ham javobsiz 2ta to‘p kiritdi. Gollar de Bryuyne va Gundo‘g‘an hisobiga yozildi.
YECHL, 1/8 final, 16 mart
Javob bahslari
Real — Atalanta 3:1
Gollar: Benzema (34), Ramos (60, penalti), Asensio (84) — Muriel (83).
Real – Kurtua, Mendi, Ramos (Militao, 64), Varan, Nacho, Valverde (Asensio, 82), Kroos, Vaskes, Modrich, Vinisius (Rodrigo, 69), Benzema.
Atalanta – Sportello, Gozens (Ilichich, 57), Toloi (Palomino, 61), Jimsiti, Mele, Malinovskiy, Pessina (Kaldara, 84), Pashalich (Sapata, 46), de Ron, Romero, Muriel (Miranchuk, 84).
Birinchi o‘yin — 1:0.
Manchester Siti — Borussiya M 2:0
Gollar: de Bryuyne (12), Gundo‘g‘an (18).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu (Zinchenko, 64), Stounz, Uoker, Diash (Laport, 70), Foden, Silva (Aguero, 75), de Bryuyne, Gundo‘g‘an (Sterling, 70), Mahrez, Rodri (Fernandino, 63).
Borussiya M – Zommer, Ginter, Bensebayni (Vendt, 88), Elvedi (Yanchke, 88), Layner, Hofmann, Noyhaus, Zakariya, Shtindl (Traore, 80), Embolo (Volf, 65), Tyuram (Plea, 65).
Birinchi o‘yin — 2:0. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar