Qur’a taxminan 20:30 da, aniqrog‘i, Coca-Cola Superliga 3-turidan joy olgan AGMK — “Paxtakor” uchrashuvi yakuniga yetganidan so‘ng jonli efirga olib chiqiladi. Unda O‘zPFL mutaxassisi Zohirjon Akramxonov hamda Futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev ishtirok etadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Reglamentda ko‘rsatilganidek, musobaqaning guruh bosqichida 24 ta klub bellashadi. Ular Superliga hamda Pro liga klublari yordamida shakllantiriladi. Faqatgina Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klub(lar) musobaqaga 1/8 finaldan boshlab qo‘shiladi. Ularning o‘rni Birinchi liga klublari bilan saralash o‘yinlari orqali to‘ldiriladi.
Bugungi qur’a marosimi uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi galda Birinchi liganing 8 ta klubi saralash o‘yinlaridagi o‘z raqiblarini bilib oladi. Keyingi galda esa guruh bosqichi ishtirokchilari o‘z raqiblarini bilib oladi. Uchinchi bo‘lib O‘zbekiston kubogining final uchrashuvini o‘tkazish uchun ariza topshirgan stadionlar savatga solinadi hamda final mezboni nomiga aniqlik kiritib olinadi.
Guruh bosqichi uchun qur’ada hech qanday savatlar bo‘lmaydi. Bunda har bir jamoa har qanday raqib bilan bir guruhdan joy olishi mumkin. Har bir guruhda jami 6 ta uchrashuv tashkil etiladi. Kimning qaysi turda uyda va qaysi turda mehmonda o‘ynashi masalasi qur’a yordamida — shaffof usulda aniqlab olinadi. Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi. Shuningdek, AGMK klubining 7 aprel kungi uchrashuvidan kelib chiqib, guruhlarda eng yaxshi uchinchi natija ko‘rsatgan 2 yoki 3 klub ham 1/8 finalga qo‘shiladi.
1/8 finaldan boshlab to finalga qadar bo‘lgan pley-off juftliklariga alohida qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi. Bunda guruhlar peshqadamlari 1/8 finalda o‘zaro raqib bo‘lmaydi. Shuningdek, peshqadam klublar bu bosqichda “Paxtakor” (yoki AGMK) klubi bilan ham raqib sifatida to‘qnashmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi