20:28 / 19.03.2021
1 540

Superliga. Namanganda "Navbahor" va "Nasaf" o‘zaro durang o‘ynashdi

Superliga. Namanganda "Navbahor" va "Nasaf" o‘zaro durang o‘ynashdi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

O‘yin davomida tomonlar bir necha xavfli vaziyatlar uyushtirdi. Biroq goh darvozabonlar yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, goh futbolchilar hujumga so‘nggi nuqtani qo‘yishda xatoga yo‘l qo‘ydi.

Shunday qilib, mehmonda 1 ochkoni qo‘lga kiritgan "ajdarlar" hisobidagi ochkolari sonini 2 taga yetkazib oldi. "Lochinlar" esa 4 ochko jamg‘argan.

"Navbahor" – "Nasaf" - 0:0

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe (18.Bahrom Abdurahimov, 66), 19.Mirzohid G‘ofurov (28.Nikola Tashich, 46), 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 25.Shohrux Mahmudxojiyev, 70.Abbos G‘ulomov.

"Nasaf": 1.Umid Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 15.Jo‘rabek Mannonov (6.Murod Xo‘jamberdiyev, 66), 19.Husayin Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Abubakr-Rizo Turdialiyev (20.Suhrob Nurulloyev, 85), 77.Oybek Bozorov (14.Shokir Yo‘ldoshev, 73), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 35.Abduvohid Ne’matov, 13.Azamat Soyibov, 25.Muxriddin Zoirov, 50.Shohmalik Komilov.

Ogohlantirishlar: Islombek Isoqjonov 27, G‘olib G‘aybullayev 27, Jo‘rabek Mannonov 41.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Namanganda "Navbahor" va "Nasaf" o‘zaro durang o‘ynashdi