Superliga 3-turidan o‘rin egallagan "Mash’al" – "Metallurg" (2:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida
- Yigitlarning bugungi o‘yini menga yoqdi. Ko‘plab hujumlar tashkil etdik. O‘ylashimcha, o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi darvozabon bo‘ldi. Menda o‘yinchilarga nisbatan e’tiroz yo‘q. Birinchi golni standartdan o‘tkazib yuborgan bo‘lsak, ikkinchi gol futbolchining mahorati evaziga urildi. Hali ko‘p ishlashimiz kerak. Xudo xohlasa hujumkor o‘yin ko‘rsatamiz.
- O‘tgan tur qahramoni Shahzod Nurmatov maydonda ko‘rinish bermadi. Uning holati qay ahvolda?
- U jarohatlangan va 4 yoki 5 kunda safga qaytadi.
- Bugun "Metallurg" g‘alaba qozonishi uchun jamoaga nima yetishmadi?
- Vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, 4-5 ta yuz foizlik holatlar sodir etildi, ozgina mahorat yetishmadi. Futbolda omad ham kerak. Omad bo‘lmasa, 15 ta zarba bersang ham, to‘p darvoza ustuniga tegadi.
- "Metallurg" doim o‘rtamiyona jamoaligi bilan ajralib turgan. Bu yilgi vazifa qanday? Rahbariyat bilan bu masalada gaplashdingizmi?
- Menimcha, birinchi navbatda chiroyli futbol ustida ishlash kerak. To‘pni nazorat qilish va hujum qilish borasida ishlash talab etiladi. Meni hujumkor futbol ko‘rsatish uchun jamoaga taklif qilishdi.
- Superligada legionerlarni olib kelish va uni o‘ynatishda, kashf qilishda namuna bo‘la oladigan klublarni ayting.
- Legioner Cheran kabi bo‘lsa, 5-10 nafarini olib kelish kerak. Bundan tashqari, top-trenerlar ham kerak, xuddi Shota kabi. O‘rtamiyona legionerlar O‘zbekistonga kerak emas. O‘zbek futbolini ko‘tarish kerak. Fikrimcha, hamma jamoalar hujumkor o‘yin ko‘rsatishlari kerak.
- O‘zbek futboliga Shatskix singari goleador hujumchi yetishmayapti. Bu bo‘yicha fikringiz qanaqa?
- Fikrimcha, akademiyada murabbiylar yaxshi bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot jarayonida o‘yinchi bilan individual tarzda ishlashi kerak. Bizda bor, 15-16-17 yoshlilar ichida. Ammo futbolchi 19-20 yoshda katta jamoaga o‘tsa, qandaydir qo‘rqadi, o‘zini yo‘qotadi, xarakter yetishmaydi.
- "Mash’al" akademiyasi o‘z o‘rniga ega edi. Hozirgi kunda esa faoliyat yuritmayapti. O‘zbek futboliga buning ta’siri bormi?
- Albatta, qancha ko‘p sifatli akademiya bo‘lsa, shuncha yaxshi. "Mash’al" akademiyasidan chiqqan ko‘plab futbolchilar o‘ynashyapti. Masalan, Shomurodov ham o‘sha yerdan chiqdi-ku. "Mash’al"ga o‘xshagan sifatli akademiya bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot