11:00 / 25.03.2021
1 513

Otabek Shukurov: Terma jamoa o‘yinlari turli shaharlarda bo‘lib o‘tishi to‘g‘ri deb o‘ylayman

Otabek Shukurov: Terma jamoa o‘yinlari turli shaharlarda bo‘lib o‘tishi to‘g‘ri deb o‘ylayman
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Gana va Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik bellashuvlari oldidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

"Pandemiya sabab terma jamoa o‘yinlari ham qoldirildi. U futbolga juda katta ta’sir ko‘rsatdi, shunga qaramay, tashkilotchilar FIFA kunlari uchun ushbu o‘rtoqlik bellashuvlarini tashkil etdi. Bu terma jamoa va butun o‘zbek futboli uchun katta yordam, deb bilaman. Chunki, bizni iyun oyida 3 ta muhim o‘yin kutib turibdi. Ularga yaxshi tayyorlanish uchun mana shu kabi o‘rtoqlik uchrashuvlari juda ham kerak.

Terma jamoaga qo‘shilganimizga 2 kun bo‘ldi, kayfiyatlar a’lo. Bellashuvlarga tayyorgarlik jarayonida bolalarning kayfiyati juda yaxshi.

Superliga o‘yinlarini kuzatyapmiz: viloyatlarda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Futbol, avvalo, muxlislar uchun o‘ynaladi. Shu jihatdan, MTJ o‘yinlari mamlakatimizning turli shaharlarida bo‘lib o‘tishi to‘g‘ri deb o‘ylayman. Muxlislarimiz stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab tursa, juda ham xursand bo‘lardik. InshaAlloh, ularni oldida yuzimiz yurug‘ bo‘ladi
", - dedi Otabek Shukurov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: Terma jamoa o‘yinlari turli shaharlarda bo‘lib o‘tishi to‘g‘ri deb o‘ylayman