date

Lui van Gal yozgi transferlar vaqtida ijodkor yarimhimoyachi sotib olinishini ma’lum qildi

Lui van Gal yozgi transferlar vaqtida ijodkor yarimhimoyachi sotib olinishini ma’lum qildi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Lui van Gal o‘zining yozgi transferlar bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.

“Biz yozda hujumlarni tashkil eta oladigan futbolchi sotib olishimiz kerak. Ayniqsa, yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishimiz kerak”, – deydi Lui van Gal.

Ma’lumot uchun, ayni paytda “qizil iblislar” safida bunday vazifalarni Di Mariya va Adnan Yanuzay bajaradi.

Murabbiyning fikricha, bu futbolchilar barcha o‘yinlarda ham to‘liq kuch bilan harakat qila olmasligi tufayli ular bilan almashib maydonga tushuvchi futbolchilar olinadi.

“Falkao va van Persi ham o‘yinni yaratuvchi futbolchilar hisoblanadi. Lekin maydonda bunday futbolchilardan yana ko‘prog‘i bo‘lishi kerak”, deb qo‘shimcha qilib o‘tadi gollandiyalik murabbiy.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lui van Gal yozgi transferlar vaqtida ijodkor yarimhimoyachi sotib olinishini ma’lum qildi