Xayrulla Hamidov: 2004 yilda tug‘ilgan bolakay darvozabonimizning muammosini ko‘ra bildi

Xayrulla Hamidov: 2004 yilda tug‘ilgan bolakay darvozabonimizning muammosini ko‘ra bildi
Taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov o‘z "You Tube" sahifasida O‘zbekiston - Gana uchrashuvi haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

"Gana B jamoasi bo‘lishiga qaramay, juda muhim masalada muammomizni ochib bera oldi. Abramovning peshonasiga mana shunday taqdir bitilgan, shekilli. Uzoqdan o‘tkazib yuborilgan gollar uning faoliyatida ko‘p uchraydi. Hattoki, u bosh murabbiy bo‘lgan paytlarda terma jamoamizning ishonchli posboni Nesterov bilan ham mana shunday gollar qo‘yib yuborganmiz. Ignatiyda faqat shu masalada muammo bor edi, boshqa jabhalarda u juda zo‘r darvozabon.

2004 yilda tug‘ilgan Fatau darvozabonimizning muammosini ilg‘ay bildi. U birinchi taymda uzoqdan berilgan zarbalarga darvozabonimiz reaksiyasini kuzatib o‘tirdi va maydonga tushgach, uning ojiz tomonidan foydalana oldi. Ganalik yosh futbolchi zarba yanada kuchliroq berilsa, darvozabon uni qaytara olmasligini bildi
", - dedi Xayrulla Hamidov.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar