2 386
Shomurodov hurmatga loyiq, ortidan Yevropani zabt etadigan futbolchi yetishib chiqmoqda!
Keyingi yillarda o‘zbek futbolida kamol topgan charm to‘p ustalari Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlarida to‘p tepmoqda. Ayniqsa, Italiya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi UYEFA tarkibiga kiruvchi mamlakatlar ligalarida o‘ynayotgan legionerimizning faoliyati hammamizning e’tiborimizni tortmoqda.
Bugungi kunda legioner maqomini olgan futbolchilarimiz orasida “Paxtakor” futbol klubi voyaga yetkazgan o‘yinchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.
O‘z davrida UYEFA va OFK davlatlari ligalarida o‘ynagan Ja’far Irismetov ayni paytda “Paxtakor” sport direktori hisoblanadi.
Ja’far Irismetov “Sputnik” axborot agentligiga bergan intervyusida xorijda to‘p tepish tajribasiga ega ayrim futbolchilarimiz haqida ham fikr bildirdi. Shuningdek, yaqin o‘tmishning eng zo‘r to‘purarlaridan bo‘lgan Irismetov yangi avlod vakillariga ham to‘xtaldi.
E’tiboringizga ushbu intervyuning futbolchilar haqidagi qismini havola etamiz.
- O‘zbekistonda yoshlarga e’tibor qaratilmoqda. Hozir mamlakatda kelajakda haqiqiy yulduz bo‘lib yetishadigan futbolchilar avlodi bormi?
- Ayni paytda “Paxtakor”da ham, O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham o‘z salohiyatini namoyish qilayotgan ba’zi futbolchilar bor. Masalan, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev. U keyingi paytda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unga taklif juda ko‘p. Ibrohimxalil hozirning o‘zida Rossiyada ham, Yevropada ham o‘ynab keta oladi.
- “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Marlen Chobanovning qaytishi qanday yuz berdi?
- Bizning skautlarimiz uning ortidan Ukrainaga borgani yo‘q. Marlenning o‘zi “Lokomotiv”ga ko‘rikka keldi. Futbolchini Andrey Fyodorov chaqirgan ekan. Chobanov “Lokomotiv”dan ketganidan keyin biz uni ikki oy davomida kuzatdik va murabbiylarimiz uning harakatlaridan qoniqqani uchun ikki yillik shartnoma imzoladik.
- Yevropadagi o‘zbekistonlik futbolchilarning faoliyatini kuzatib borasizmi?
- Albatta, kuzatamiz. Bu yigitlar milliy terma jamoa uchun ham o‘ynaydi-ku.
- Italiyalik muxlislar mehrini qozongan Eldor Shomurodov faoliyati haqida nima deya olasiz?
- Uni mehnatlari tufayli munosib tarzda hurmat qilishadi va yaxshi ko‘rishadi. Lekin hozir murakkab davrni boshidan o‘tkazyapti. Shunga qaramay, Eldor mehnatkash va iqtidorli yigit. Ba’zida hujumchilarda shunaqa davr keladiki, gol urolmaydi, asabiylashadi. Shomurodov bir juft gol ursa, bu qiyinchiliklar o‘tib ketadi.
- “Paxtakor”dan Igor Sergeyev Qozog‘istonga ketdi. Uning kuchli tomonlari nimada?
- Menimcha, Igor Sergeyev oxirgi ikki mavsum davomida eng zo‘r hujumchi bo‘ldi. Biz uni olib qolish uchun oxirigacha kurashdik, chunki biz xorijdan undan yaxshi hujumchini olib kelolmas edik.
- Qozog‘istonda kattaroq summa taklif qilishdimi?
- Gap pulda emas, boshqa narsada. Hozir bu haqida gapirmayman. Lekin uni olib qolish uchun haqiqatan ham oxirigacha harakat qildik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi