"Humo Arena" mezbonlik qilayotgan professional boks kechasini tezkor nokaut bilan boshlab bergan charm qo‘lqop ustamiz Iqboljon Xoldorov jangdan so‘ng saytimiz muxbirlari uchun intervyu berdi.
Xoldorov prof boksdagi debyut jangida tanzaniyalik Kulva Bushiriga qarshi ringga ko‘tarildi va 6 raundga mo‘ljallangan jangda raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.
- Ochig‘i, asosiy e’tiborni raqibimni nokaut qilishga qaratmadim, deya so‘z boshladi Xoldorov. - Professional ringdagi birinchi jangim bo‘lgani uchun chiroyli harakatlar evaziga g‘alaba qozonish uchun intildim. Chiroyli jang o‘tkazsangiz, nokaut o‘zi kelaveradi.
- Bugungi g‘alabangizni kimga bag‘ishlaysiz?
- Shubhasiz, meni dunyoga keltirgan Onamga! Odatda onam jangimni ko‘rmaydilar. Lekin bugun ular "Humo Arena"dalar. Onajon, sizni yaxshi ko‘raman.
- Iqboljon, bokschilarimizning bugungi ishtirokini boshlab berdingiz. Bu sizga qo‘shimcha bosim yuklamadimi?
- O‘rta vazn toifasi vakili bo‘lganim uchun odatda boks oqshomlarining teng yarimlarida ringga chiqardim. Endi bugun prof boksdagi debyut jangim bo‘lgani uchun oqshomni boshlab berish mening chekimga tushdi. Kecha tarozidan o‘tish marosimida ikkinchi bo‘lib chaqrilgandim. Shundan kelib chiqib bugun oqshomni boshlab bersam kerak deb o‘ylamagandim. Ertalab murabbiylar birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilishimni aytishdi. Aksincha, birinchi bo‘lib boshlash menga yoqdi. Mening g‘alabam qolgan bokschilarimizga ruhiy ustunlik berishiga ishonaman.
- Professional boksda yo‘nalishlar ko‘p - WBC, WBA, WBO va IBF. Siz qaysi yo‘nalishdan ketmoqchisiz?
- Hozir bu haqida hech narsa deya olmayman. Endigina birinchi jangimni o‘tkazdim. Vaziyatga qarab ish tutaveramiz. O‘rganib chiqaman va o‘zimga qulay yo‘nalishlarda ringga chiqaman.
- Sizni ringda ko‘rmaganimizga ham ancha bo‘lgandi. Oxirgi rasmiy jangingiz qachon o‘tkazilganini eslay olasizmi?
- Bir yarim yilcha vaqt bo‘ldi. Jarohat va pandemik vaziyat sabab ko‘proq dam olishimga to‘g‘ri keldi.
- AQSHga qachon jo‘nab ketasiz?
- Bugun promouterlar jangimni bevosita arenada tomosha qilishdi. O‘ylaymanki, bu jarayon cho‘zilib ketmaydi.
Xurshida Abdiqulova yozib oldi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi