
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) 3 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

G‘iyosovga meksikalik Patrisio Lopes Moreno (28-5, 20 KO) raqib bo‘ldi.
Dastlabki raund ikkala bokschining faolligida o‘tdi, kichik ustunlik G‘iyosov tomonida bo‘ldi. Ikkinchi raund so‘ngida meksikalik sportchi nokdaun holatiga tushdi. Uchinchi raundda G‘iyosov raqib tanasiga kuchli zarba yo‘llab, uni nokautga uchratdi.

Bu g‘alaba orqali G‘iyosov WBA International kamarini yana bir bor himoya qila oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar