3 aprel kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena"da bo‘lib o‘tgan boks kechasi asosiy jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev Yaponiya vakili Ryosuke Ivasaga qarshi jang olib borib, 5-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Ivasa jangdan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ba’zi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘zbekistonlik bokschilar musobaqada ajoyib ishtirok etdi.
Hammasidan ham tashrif buyurgan muxlislar ikkala tomonni ham birdek hurmat qilishganlari shundoqqina sezilib turdi. Meni ham yetarlicha olqishlab muxlislik qilib turishdi. Mag‘lub bo‘lsamda menga nisbatan muxlislarning "Respect" (hurmat) degan ovozlari eshitilib turdi.
Mehmonda jang qilayotganimni ham xis qilmadim, deya olaman. Bu orqali juda ham iliq tuyg‘ularni o‘zimda seza oldim va bu menga katta dalda bo‘ldi. O‘zbekistonda jang o‘tkazganim yaxshi bo‘ldi. O‘zbek xalqi sizlardan minnatdorman, barchangizga tashakkur aytaman. Katta rahmat.
Shu bilan birga Yaponiyadan meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchadan, sizlar umid qilgan natijani qayd eta olmaganim uchun kechirim so‘rayman.
Urushdan keyin qahramon ko‘payadi, deb o‘ylarsiz, lekin rostini aytadigan bo‘lsam yana ozgina jang qilishga qo‘yib berishlarini xohlagan edim. 5-raundda raqib mushti tegib, o‘zimni yo‘qotib qo‘yganimni tan olaman albatta...
Nima bo‘lganda ham Murodjon ajoyib jang qildi. Barchaga yana bir bor rahmat aytaman.
Hurmat bilan
Ivasa Ryosuke
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ivasa Ryosuke
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"