
Hozirgina, Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida 3 aprel sanasida "Humo Arena" sport saroyida ringga ko‘tarilgan bokschilarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jang kechasida ishtirok etgan barcha bokschilar qatnashib, OAV savollariga javob berdi. Hasanboy Do‘smatov jang xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Albatta, o‘z vatanimizda jang o‘tkazishning o‘ziga xos mas’uliyati bor va u o‘zgacha his-hayajon bag‘ishlaydi. Sababi, o‘z yurtingizda, o‘z muxlislaringiz qarshisida yutkazishga haqqingiz bo‘lmaydi. Mag‘lubiyatga uchrash sizga ishonganlarning ham ishonchini oqlolmaslik deganidir. Shuning uchun, barchamizning xayolimizda faqat g‘alaba bo‘ldi. Ringga chiqqungacha bizni qamrab olgan hayajon, keyinchalik qolmadi.
Vatanimizda, o‘z ota-onamiz, prezidentimiz ko‘z-o‘ngida mag‘lub bo‘lish - biz, o‘zbeklargamas", - dedi Do‘smatov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar