O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi.
Dastlab, Shohruz Norxonov boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. Nurillo To‘xtasinov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmay, Ayubxon No‘’monov To‘xtasinovning goliga munosib javob bo‘la oladigan super golni urib, jizzaxliklarni ikkinchi bor hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda bosh hakam VAR orqali mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Xurshid G‘iyosov 11 metrlik nuqtadan gol urib, birinchi bo‘limning teng hisobda yakunlanishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa qanchalik harakat qilmasin, darvozalar dahlsiz qoldi.
Ushbu o‘yindan so‘ng, Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 11 taga yetdi va 2-o‘rinda qoldi. "Qaldirg‘ochlar" esa 8 ochko bilan onlayn jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Bunyodkor" – "So‘g‘diyona" - 2:2
Gollar: Norxonov 17, To‘xtasinov 42, Nomanov 44, G‘iyosov 45+5.
"Bunyodkor": 1.Ravshan Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 8.Sanjar Rashidov (9.Farrux Ikromov 66), 10.Xurshid G‘iyosov, 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Odiljon Abdurahmonov (22.Shahboz Erkinov 82), 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov (11.Rasul Yo‘ldoshev, 46), 37.Muhammadodil Qahramonov.
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Sunnatilla Abdullajonov, 35.Ibrohim Ibragimov.
"So‘g‘diyona": 1.Shirinboy Abdullayev, 4.Elyor Oripov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar Shaykulov (8.Jamshid Boltaboyev 51), 7.Arslanmirat Amanov 77.Sahob Rashidov 51), 10.Shohruz Norxonov (17.Shahboz Jo‘rabekov 88), 11.Jasur Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luke Chermel, 63.Asiljon Begimqulov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 2.Sardor Qulmatov, 9.Oybek Nurmatov, 20.Bahodir Nasimov.
Ogohlantirishlar: Begimqulov 49, Norxonov 62, Oripov 74, Ergashev 90+5. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi