Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" "B" guruhidan joy olgan va o‘z o‘yinlarini Sharja shahrida o‘tkazadi. "Paxtakor" guruhidagi to‘rtinchi jamoa Iroqning "Al Quva Al Javiya" klubi bo‘ldi.
Bu jamoa pley-off bahsida Saudiya Arabistonining "Al Vehda" klubiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobini qayd etdi va penaltilar seriyasida 3:2 hisobida zafar quchdi. Bilasiz, Osiyo chempionlar ligasining guruh o‘yinlari markazlashgan tartibda tashkil etiladi. "Paxtakor" ham, AGMK ham 15 kunda 6tadan uchrashuvda maydonga tushadi.
"B" guruhi (mezbon shahar - Sharja):
"Sharja" (BAA)
"Traktorsozi" (Eron)
"Paxtakor" (O‘zbekiston)
"Al Quva Al Javiya" (Iroq)
"Paxtakor"ning guruh o‘yinlari taqvimi:
1-tur. 14 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Paxtakor" - "Traktorsozi"
2-tur. 17 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Al Quva Al Javiya" - "Paxtakor"
3-tur. 20 aprel. "Sharja" stadioni
23:00. "Sharja" - "Paxtakor"
4-tur. 23 aprel. "Sharja" stadioni
23:00. "Paxtakor" - "Sharja"
5-tur. 26 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Paxtakor" - "Al Quva Al Javiya"
6-tur. 29 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Traktorsozi" - "Paxtakor"
Izoh: O‘yinlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Guruhdagi barcha bellashuvlar "Sharja" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakatda kattaligi jihatdan uchinchi stadion bo‘lib, 18 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bu stadionda 2019 yil Osiyo Kubogining 6ta bellashuvi o‘tkazilgan. Esingizda bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi mana shu stadionda Ummonni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi