15:44 / 12.04.2021
3 045

"Jenoa" murabbiyi "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdi

"Jenoa" murabbiyi "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdi
Kecha Italiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda turinliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida genuyaliklar ustozi Davide Ballardini o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Biz eng tajribali jamoaga qarshi maydonga tushdik va o‘ylaymanki, ularga munosib qarshilik ko‘rsatdik. Dastlabki daqiqalardan "Yuve"dan qolishmaslikka, ochiq hududlar qoldirmaslikka intildik. Natijada, raqib qiyinchilikka duch keldi.

Hisob 2:1 bo‘lguniga qadar yaxshi o‘ynadik, biroq keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Ko‘p kuch sarfladik. Gollardan so‘ng xatolar kuzatildi. Ammo menga baribir shogirdlarimning o‘yini yoqdi.

Biz allaqachon "Milan"ga qarshi uchrashuv haqida o‘ylamoqdamiz. Mavsum yakuni haqida qayg‘urishimiz lozim. Hozircha, ishlarimiz yaxshi, ammo oxirgi turlarda bu kamlik qilib qolishi mumkin, - dedi Ballardini.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" murabbiyi "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdi