Kecha Italiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda turinliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida genuyaliklar ustozi Davide Ballardini o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Biz eng tajribali jamoaga qarshi maydonga tushdik va o‘ylaymanki, ularga munosib qarshilik ko‘rsatdik. Dastlabki daqiqalardan "Yuve"dan qolishmaslikka, ochiq hududlar qoldirmaslikka intildik. Natijada, raqib qiyinchilikka duch keldi.
Hisob 2:1 bo‘lguniga qadar yaxshi o‘ynadik, biroq keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Ko‘p kuch sarfladik. Gollardan so‘ng xatolar kuzatildi. Ammo menga baribir shogirdlarimning o‘yini yoqdi.
Biz allaqachon "Milan"ga qarshi uchrashuv haqida o‘ylamoqdamiz. Mavsum yakuni haqida qayg‘urishimiz lozim. Hozircha, ishlarimiz yaxshi, ammo oxirgi turlarda bu kamlik qilib qolishi mumkin, - dedi Ballardini. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi