Ertaga “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi 1-tur uchrashuvini Eronning “Traktor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuvdan avval “Paxtakor” bosh murabbiy Piter Xyuistra va jamoa sardori Yegor Krimes matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Xyuistra: - Barchaga xayrli kun. Kelasi ikki hafta juda tig‘iz bo‘ladi va barchaga omad tilayman. Jamoalarni 15 kunda o‘ynaladigan 6 ta uchrashuv kutmoqda. Bu hayajonli bo‘ladi. Biz chempionatni boshlagandan keyin bu yerga keldik. Umid qilamanki, biz sinovga tayyormiz. Ertaga "Traktor"ga qarshi o‘yin bilan turnirni boshlaymiz. Eron jamoalari hamisha qiyin raqib, ular maydonda kurash olib borishadi. Texnik va taktik tarafdan yaxshi o‘yin ko‘rsatishadi.
Tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘lgan. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham o‘zlarini ko‘rsatishi mumkin. Bunday sinovlarga doim tayyor bo‘lish kerak. Yosh iqtidorlar tajribali futbolchilar bilan kirishib ketishiga ishonaman. Birinchi o‘yin qanday holatda ekanimizni bilib olishga yordam beradi. O‘yinlarni bu safar ham o‘zgacha vaziyatda o‘tkazamiz. Karantin, alohida yashash, Ramazon - bularning barchasi vaziyatni o‘zgacha qiladi. To‘rt, besh va oltinchi turda hammaga qiyin bo‘lsa kerak. Biz ruhiy, taktik va jismoniy jihatdan holatga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu qanday bo‘lishini kuzatish juda qiziq. Jamoadagi barcha sinovga tayyor, oxirigacha kurashishga shay holatda.
Krimes: - Xayrli kun. Chempionlar ligasining yangi boshlanayotgan mavsumi bilan barchani tabriklayman. Ertangi raqibimizni jiddiy o‘rgandik, bellashuvga yaxshi tayyorlandik. O‘zbekistonda mavsumni boshlashga ulgurdik. Yaxshi holatga kirib oldik, deb o‘ylayman va ertaga musobaqani g‘alaba bilan boshlashga intilamiz.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar