23:09 / 14.04.2021
3 309

Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi
Ertaga OCHLdagi ikkinchi vakilimiz AGMKguruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan o‘z uchrashuvini o‘tkazadi. "Al-Hilol"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi:

"Avvalambor, Assalomu alaykum! Barcha musulmon ahli va yurtdoshlarimizni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Hammaga sihat-salomatlik va omad tilayman. Ertaga AGMK jamoasi uchun yangi sahifa ochilmoqda. Jamoamiz ilk bor OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. Maqsad guruhdan chiqish. Guruh bosqichi yakunida to‘plangan ochkolarga qarab kim qaysi o‘rinni olishini bilib olamiz".

- AGMK Saudiyaga kelishidan avval OCHL pley-off doirasida o‘ynadi. Bu holat jamoaning tiklanish jarayoniga qay darajada ta’sir qiladi?
"Jamoamiz bu yerga kelishdan avval muhim va murakkab kechgan o‘yinda qatnashdi hamda bu oralig‘da yo‘l, parvozlar. Qatarga bordik va u yerdan Toshkentga qaytib, so‘ngra Saudiya Arabistoniga keldik. Lekin bu biz uchun bahona bo‘lib qolishi kerak emas. Bu yerga yaxshi niyatlar bilan keldik. O‘ylaymanki, bu jihat u qadar katta ta’sir o‘tkazmaydi".

- Ramazon oyi futbolchilarga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaysiz?
"Bu ta’sir qilmaydi. Orada vaqt bor. O‘yinlar iftorlikdan keyin mahalliy vaqt bilan kechki 22:00ga belgilangan. Bu vaqt ichida futbolchilar tiklanib olishadi".

- "Al-Hilol" bilan o‘yinda jamoangizdan nimani kutyapsiz?
"Har bir murabbiy jamoasidan yaxshi natija kutadi. Bu oson bo‘lmasligini bilib turibmiz. "Al-Hilol" nomdor jamoa. Raqibni hurmat qilamiz, ammo qo‘rqmaymiz. AGMK ushbu musobaqaga yaxshi niyatlar bilan yetib keldi. O‘ylaymanki, jamoamiz chiroyli o‘ynab, g‘alabaga intiladi".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi