00:00 / 15.04.2021
2 708

"Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi

"Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi
Osiyo Chempionlar Ligasining joriy mavsumi boshlanish arafasida. O‘tgan yilgidan farqli o‘laroq, bu safar 2 ta jamoa yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bu turnir mamlakat sha’ni uchun kurash bo‘libgina qolmay, aksariyat futbolchilar uchun o‘ziga xos tramplin vazifasini ham o‘tib beradi. Bunday holatni ortda qolgan yillar mobaynida bir necha futbolchilarimiz misolida ko‘rganmiz. Start oldidan OFK rasmiy sayti bu yil porlashi kutilayotgan 6 yosh iste’dod haqida maqola e’lon qildi. Biz esa uni to‘liqligicha tarjima qilib, e’tiboringizga havola etishni maqsad qilganmiz.

Nosir Al-Dovsari - (Al-Hilol)

2019 yilgi chempionlikda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 22 yoshli markaziy yarim himoyachi ikki o‘yindan iborat final uchrashuvida 1-zaxira varianti sifatida foydalanildi. O‘shandan beri Al-Dovsari Saudiya chempioni tarkibidagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Klub sardori Salmon Al-Faraj va tajribali o‘yinchi Abdulla Otayfning jarohati tufayli unga maydonda ko‘proq imkoniyatlar berildi. Shu tariqa, u Saudiya Arabistoni MTJ safida Quvaytga qarshi bahsda o‘zining debyutini nishonladi. Chapaqay futbolchi "Al-Hilol"dagi debyut golini Bafetimbi Gomisning pasidan keyin ijro etgan zarbasi bilan kiritdi. Al-Dovsari uchun 2021 yildi OCHL beradigan katta xalqari tajriba juda muhim. Sababi, u Tokio olimpiyadasiga yo‘l olgan Saudiya Arabistoni U23 asosiy tarkibi uchun kurashmoqda.

Ibrohim Bayesh - "Al-Quva Al-Javiya"

Iroq Premer-ligasi yetakchisi "Al-Quva" klubi 2008 yildan beri ilk bor Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqqanida Ibrohimning xizmati katta. Asosiy vaqt so‘ngida uning o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pini jamoadoshi Ayman Huseyn darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. "Al-Vahda" bilan bahs qo‘shimcha daqiqalarga qadar davom etdi va yakunda iroqliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Yosh iste’dod 2018 yilda "Al-Quva" tarkibida OFK kubogini qo‘lga kiritgan. Bu sovrin jamoa uchun ketma-ket uchinchisi edi. O‘shanda Bayesh ikkinchi golni Turkmanistonning "Oltin Asr" klubi darvozasiga kiritgandi. Atigi 21 yoshda bo‘lgan futbolchi allaqachon Iroq MTJning asosiy tarkibi a’zosidir. U 2019 yildan beri asosiy jamoa tarkibida harakat qilib kelmoqda.

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev - "Paxtakor"

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, o‘tgan mavsumni "Bunyodkor" safida o‘tkazgan himoyachi O‘zbekiston Superligasining so‘nggi 20 uchrashuvining har birida 45 daqiqada bir golda qatnashdi. Joriy mavsum "sherlar" tarkibiga qaytgan himoyachi jamoasi 5 o‘yinda 15 ochko to‘plashi yo‘lida benazir hissa qo‘shdi. Ayniqsa, ilk turda "Nasaf"ga qarshi 87-daqiqada kiritilgan golning qiymati katta. Hozirgacha 7 ta gol urgan o‘zbekistonlik iste’dod uchun qit’a miqyosidagi debyut kerak.

Mehdi Abdi - "Persepolis"

2020 yilgi OCHLda porlagan yana bir yulduzcha Abdi yarim finalda "Al-Nasr"ga qarshi debyut goli bilan hisobni tenglashtirgandi. Muxlislar tomonidan uning bosh bilan yo‘llagan aniq zarbasi musobaqaning eng chiroyli goli deb topildi. Mehdi "Sharja" 4:0 hisobida taslim etilgan oqshomda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Uning finaldagi goli muxlislar uchun shunchaki taskin bo‘ldi. Boisi, "Persepolis" 3 mavsumda 2 bor final uchrashuvini boy berdi. Ammo 22 yoshli hujumchi o‘zidagi rivojlanishni yaqqol namoyon etib, asosiy tarkib uchun kurashda Iso Alkasirga jiddiy raqobat tug‘dirdi. Abdi joriy mavsum Eron Pro-ligasida 18 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan bo‘lsada, OCHLda o‘zini kuchliroq tomondan ko‘rsatmoqchi.

Holid Al-G‘annam - "Al-Nassr"

20 yosh bo‘lishiga qaramay, ushbu ro‘yxatdagi eng taniqli klubi a’zosi bo‘lgan Al-G‘annam o‘tgan mavsum Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi "Persepolis"ga qarshi yarim final uchrashuvining penaltilar seriyasida ishtirok etgandi. U o‘z nomiga 8 o‘yinda 3 ta assistni yozdirib qo‘ygandi. Ushbu mavsum Saudiya chempionatida "Al-Nassr" murabbiyi Holidni ikkala qanotda o‘ynatdi va u mavsumni sust boshlagan jamoa tarkibida 4 ta gol urib, 1 bor sherigi goliga hummualliflik qildi. Bosh murabbiy OCHL 2021 yilgi mavsumida Al-G‘annamdan foydalanishi lozim.

Mehdi Gayedi - "Istiqlol" (Eron)

Ehtimol, u mazkur ro‘yxatdagi eng taniqlik ism. Bu Mehdi Gayedining iste’dodidan dalolatdir. 22 yoshli futbolchi allaqachon "Istiqlol"ning asosiy tarkibi a’zosi hisoblanadi. Garchi, u OCHL o‘tgan mavsumida o‘z ijodkorligi va aniq zarbalari bilan ajralib turgan bo‘lsada, bu yil Mehdi hisobida 1 tadan gol va assist bor. Klubdagi yorqin o‘yinlaridan keyin u Eron milliy terma jamoasidan chaqiruv olgan va oktabr oyida O‘zbekistonga qarshi o‘z debyutini o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi