19:03 / 19.04.2021
2 210

"Paxtakor"ning BAA jamoalariga qarshi o‘tkazgan uchrashuvlari statistikasi


"Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvni BAAning "Sharja" klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs oldidan "sherlar" matbuot xizmati klubning ushbu yurt vakillari bilan to‘qnashuvlari statistikasini taqdim etdi:
Chempionlar Ligasida "Paxtakor" BAA jamoalariga qarshi 19 uchrashuvda maydonga tushgan.

19 bellashuvning 12tasida "Sherlar" g‘alaba qozonib, 4ta o‘yinda durang va 3 bahsda raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 31 to‘p kiritgan jamoamiz o‘z darvozasidan 16 gol o‘tkazib yuborgan. Toshkentda o‘tgan 9 bahsning 6tasida jamoamiz zafar quchgan, bir durang va ikki mag‘lubiyat qayd etilgan. Safardagi 9 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgan: 6 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat. Jamoamiz BAA klublariga qarshi to‘qnashuvlarda o‘ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.

"Sherlar" hozirga qadar BAA klublaridan "Ahli", "Vahda", "Ayn", "Baniyas", "Shabab", "Jazira", "Nasr" va "Shabab Al Ahli"ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan.
"Al-Ahli": 3:2, 1:0, 2:0, 2:1
"Al-Vahda": 4:0, 1:1
"Al-Ayn": 1:0, 3:2, 0:1, 1:1
"Baniyas": 1:1, 0:2
"Al-Shabab": 1:0, 1:2
"Al-Jazira": 3:1, 3:0
"Al-Nasr": 2:1
"Shabab Al-Ahli": 2:1, 0:0".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning BAA jamoalariga qarshi o‘tkazgan uchrashuvlari statistikasi