Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida ham Yekaterina Pirojkova murabbiyligidagi jamoamiz guruh mashqlarida o‘zining g‘olibona odimini davom ettirdi.
Guruh mashqlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi va qizlarimizning olamshumul g‘alabasi sharafiga yana O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyasi yangradi.
Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyeva hamda Kamola Irnazarova 5 to‘p bilan mashqlarni ajoyib tarzda bajarishdi va ularning xatti-harakatlari hakamlar tomonidan eng yuqori baholandi – 40.95.
2-o‘rinni ikki ochkodan ko‘proq farq bilan Belorus terma jamoasi egalladi. Ularning chiqishi 38,65 ball bilan baholandi. 5 to‘p bilan mashq bajarishda 37,60 ball jamg‘argan Isroil terma jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Uch halqa va ikki juft bulava bilan mashq bajarishda beloruslik gimnastikachilar tengsiz ekanligini isbotlashdi – 38,65 ball bilan ular 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda hamyurtlarimiz 37,70 ball bilan kumush medalni Toshkentda olib qolishdi. Bronza medali yana isroillik qizlarga nasib etdi. Ularning chiqishini hakamlar 34.95 ball bilan baholadi.
Jahon kubogining shaxsiy birinchiligida O‘zbekiston sharafini iste’dodli qizlarimizdan Sabina Tashkenbayeva hamda Yekaterina Fetisovalar himoya qilishdi. Har ikkala sportchimiz halqa bilan mashq bajarishda finalga yo‘l oldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sabina 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Fetisova 8-o‘rin bilan kifoyalandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"