23:03 / 20.04.2021
2 669

O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi


Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yil Litvada bo‘ladigan jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Gap shundaki, Osiyo futbol konfederatsiyasi so‘nggi 3 ta qit’a chempionatida qayd etilgan natijalardan kelib chiqqan holda jahon chempionatiga yo‘l oladigan jamoalarni aniqladi. Tashkilot qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston, Eron va Yaponiya futzal terma jamoalari saralashsiz jahon jempionatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Osiyo qit’asi uchun mundialga jami 5 ta kvota ajratilgan va yuqorida nomlari keltirigan terma jamoalardan ortgan 2 ta yo‘llanma uchun Livan, Iroq, Tailand va Vetnam terma jamoalari kurash olib boradi.

O‘zbekiston futzal terma jamoa shu paytgacha o‘z tarixida faqatgina 1 marta jahon chempionatida ishtirok etgan. Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz 2016 yil Kolumbiyada o‘tkazilgan mundialda debyut qilgan edi.
Litvada bo‘ladigan navbatdagi jahon chempionati o‘yinlari joriy yilning 12 sentabridan 3 oktabrigacha bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi