04:55 / 21.04.2021
2 648

Qo‘zg‘alon bostirildi! Superliga o‘z faoliyatini tugatdi


20 aprel kuni Yevropa Superligasi loyihasi hatto boshlanmasdan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Barcha 12 tashkilotchi klublar musobaqa g‘oyasini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Superliga klublari rahbarlari 20 aprel kuni o‘zaro tezkor yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda loyihani to‘xtatishga qaror qilingan.

Superligada "Real", "Barselona", "Atletiko", "Yuventus", "Inter", "Milan", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" klublari ishtirok etishga rozilik bildirgan edi.

Superliganing rahbari etib “Real” prezidenti Florentino Peres tayinlangan edi. Musobaqa avgust oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qo‘zg‘alon bostirildi! Superliga o‘z faoliyatini tugatdi