10:39 / 22.04.2021
3 610

Igor Sergeyevga APL klubi qiziqmoqda?!


Bu haqda taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev o‘z telegram kanalida ma’lum qildi.

"Qozog‘istonda ba’zi manbalar shunday yozdi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev angliyaliklar kuzatuvida ekan. Eslatib o‘taman, Igor Aktobe klubida muvaffaqiyatli o‘ynamoqda. Bu xabar asosli ekanligini tasdiqlay olmayman. Ko‘rdim, qiziqdim va bo‘lishdim", - deb yozmoqda Fayziyev telegram kanalida.

Ta’kidlash kerakki, "Aktobe"ning mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan hamyurtimizga ehtimoliy qiziquvchi bo‘lmish "Sheffild Yunayted" jamoasi ayni damda Premer-ligada so‘nggi o‘rinda bormoqda va jamoaning kelasi mavsumni Chempionshipda o‘tkazishi aniq bo‘lib ulgurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeyevga APL klubi qiziqmoqda?!