
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida "Paxtakor" "Sharja"ga qarshi saf tortadi. Ushbu qarama-qarshilik oldidan sharjaliklar bosh murabbiyi Abdulaziz Al Anbari quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va oldimizdagi raqibga futbolchilarimning bor e’tibori qaratilgan. Biz tez ritmda o‘ynovchi bunday raqibga qarshi konsentratsiyani yo‘qomasligimiz shart. Bu yaxshi o‘ynashga majbur bo‘lgan o‘yinlarimizdan biri.
"Paxtakor" to‘p nazoratini xush ko‘ruvchi kuchli jamoa. Biz ham himoyaviy futbolni yaxshi o‘ynaymiz, biroq to‘pni juda ko‘p marotaba yo‘qotib qo‘yyapmiz. Biz oldindagi o‘yinga jiddiy e’tibor qaratishga harakat qilishimiz lozim. Chunki, bitta raqibga qarshi 3 kun ichida ikki marotaba bir xil uslubda o‘ynab bo‘lmaydi. Natijaning yaxshi bo‘lganiga qaramay, o‘yinimizda muammolar mavjud edi.
To‘pni o‘z nazoratimizda ushlab tura olmayapmiz. Raqibga maydonning katta qismini boy bermoqdamiz. Bu biroz boshqacha o‘yin bo‘ladi, ammo bu haqida qayg‘urmayman. Nega himoyaga yotib olishimiz kerak? Igor Koronadoning qaytishi juda ajoyib yangilik, ammo biz o‘tgan galgi o‘yinda bo‘lgani kabi jamoaviy ruhni ko‘rsata olishimiz kerak", - dedi Al Anbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar