2 800
Shahobiddin Zoirov va yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi Gubernator Kubogi—2021 g‘olibiga aylandi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shtatida boks bo‘yicha Gubernator Kubogi—2021 musobaqasi final bahslari 24 aprel kuni o‘tkazildi.
Final bahslarida jami besh nafar o‘zbekistonlik bokschi qatnashmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirokidagi ushbu janglarning barchasi yakunlandi.
Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) mezbonlar vakili Igor Saregorodsevga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va yosh iqtidor egasi oltin medalga ega chiqdi.
Shahobiddin Zoirov (-52 kg) qozog‘istonlik Mahmut Sabirxanga qarshi jang qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Abdumalik Halokov (-60 kg) rossiyalik Albert Batirgaziyevga qarshi jang qildi va mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan cheklandi.
Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ham Rossiya vakiliga to‘qnash keldi. Dmitriy Spivak bilan bo‘lgan jangda Mirzaxalilov raqibiga imkon qoldirmadi.
Bahodir Jalolov (+91 kg) ham rossiyalik Ivan Veryasovga qarshi jang qildi. Mazkur jang ikkinchi raundda o‘z nihoyasiga yetdi. Hamyurtimizning kuchli zarbalari oxir-oqibat raqibning qulashiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa Bahodir mazkur turnir chempioniga aylandi.
Shu tariqa 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ushbu xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, oltin medal egalari 450 ming rubl (63 mln so‘m) miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin egalari 250 ming (35 mln so‘m), bronza medali sohiblari esa 150 ming rubl (21 mln so‘m) bilan taqdirlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"