23:30 / 28.04.2021
3 118

Ro‘ziqul Berdiyev: "Yetakchi futbolchilarimiz biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi"


O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritish oson bo‘lgani yo‘q. Guruhimizdan bir xil kuchga ega jamoalar joy olgan edi. Raqiblarimizni ham keyingi bosqich yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin og‘ir o‘tganini sabablari bor. Buni tushunib turibmiz. Qaysidir ma’noda tezkor goldan so‘ng o‘yin tempi raqib tomoniga o‘tdi. Shu bois ayrim rejalashlarimiz o‘xshamadi. Qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishimiz talab etilardi. Golimizdan so‘ng "Bunyodkor" ko‘pchilik bo‘lib hujum tashkil qildi. Shunday pallada qarshi hujumlarni boshlay olmadik. Eng katta kamchiligimiz shunda bo‘ldi. Aytishim mumkinki, bugun yetakchi futbolchilarimiz biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Albatta mazkur omil ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi",- deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Marko Stanoyevichni hujumda sinab ko‘rishni o‘ylab ko‘rganmisiz?
- Stanoyevichda hujumda o‘ynash uchun kerakli hususiyatlar yo‘q bo‘lsa kerak. U markaziy yarim himoyada yaxshi harakat qiladi.

- Oybek Bozorov qachon safga qaytadi?
- Hozirda jismoniy holatini yaxshilash maqsadida zarur yuklamalarni olmoqda. Yana bir haftadan so‘ng umumiy guruhga qaytadi.

- Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasidan so‘ng uzoqdan zarbalar va hujumlar kamayib ketdi...
- Tan olaman bugun biz kutgan o‘yin chiqmadi. Bundan xulosa chiqaramiz.

- "Bunyodkor" bilan chempionat doirasidagi o‘yindan nima kutyapsiz?
- Ularning qanday kuchga egaligini ko‘rdik. Bu o‘yinga jiddiy qaraymiz.

- Dilshod Saitovning o‘yinida pasayish kuzatilgandek...
- Buni o‘ziga ham aytdim. U o‘z darajasiga qaytishi kerak. Bu ko‘p o‘yinchilarga tegishli. Ularning aksariyatini darajasi pastlagan. OFK kubogiga tayyorgarlik ketyapti. Raqiblarni o‘rganmoqdamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Yetakchi futbolchilarimiz biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi"