04:20 / 29.04.2021
2 688

PSJ o‘z uyida "Siti"ga imkoniyatni boy berdi!


Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan PSJ - "Manchester Siti" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘ta qizg‘in kechgan ushbu bahs Pep Gvardiola shogirdlarining 1:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 15-daqiqada Markinos bosh bilan gol urib, hisobni ochdi. Taymni hisobda ustunlik bilan yakunlagan PSJ 2-taymda biroz o‘ziga o‘xshamadi va 64 hamda 71-daqiqalarda ketma-ket gollar o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Buning ustiga 77-daqiqada PSJ a’zosi Idrissa Guye qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi va parijliklar o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunlashga majbur bo‘lishdi.

Dramatik kechgan bahsda shu hisobda yakunlandi. Ayniqsa, Mahrezning goli o‘yinning mutlaq bezagiga aylandi.
Shu tariqa, dastlabki o‘yinda Pep Gvardiola Maurisio Pochettino ustidan g‘alaba qozondi. Javob uchrashuvi 5-may kuni "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tadi.

PSJ (Fransiya) – "Manchester Siti" (Angliya) 1:2  
Gollar:
Markinos 15' – de Bryuyne 64', Maxrez 71'
PSJ – Navas, Florensi, Markinos, Kimpembe, Bakker, Geye, Paredes (Errera, 83), Verratti, di Mariya (Danilu, 80), Neymar, Mbappe
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Diash, Kanselu (Zinchenko, 61), Rodri, Gyundogan, de Bryuyne, Foden, Maxrez, Bernardu Silva
Ogohlantirishlar: Kanselu (31), Neymar (74), de Bryuyne (86). 
Chetlatish: Geye (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ o‘z uyida "Siti"ga imkoniyatni boy berdi!