14:23 / 30.04.2021
2 189

Rahimov: "O‘runov tushunishi kerak - u erkin ijodkor emas"


"Ufa" sobiq bosh murabbiyi Rashid Rahimov fevralda "Spartak" (Moskva)dan Boshqirdiston klubiga ijara asosida o‘tgan yarim himoyachi Oston O‘runov haqida gapirdi.

- Siz O‘runov haqida doim uning maydonda jamoa uchun emas, o‘ziga kerak ishlarni amalga oshirayotganini aytasiz. Haliyam shundaymi?
- Ha, unda chiroyli texnika, tezlik bor va u har kimni bir-birga vaziyatda aldab o‘tishi mumkin. Biz unga buni jarima maydonchasi yaqinida qilish kerakligini tushuntirdik. Ammo maydon markazida emas, to‘p yo‘qotilganda, tezkor qarshi hujum amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘runov raqibini aldab o‘tganda, tez-tez oldinga yugurmaydi, sekinlashadi, ikkinchi hudud bo‘ylab fintlar qilishni boshlaydi.

- Unga tushuntira olmayapsizmi?
- Nega? Yigit adekvat, tushunadigan. Ammo yaxshi ko‘radi! O‘runov tushunishi kerak: u erkin ijodkor emas. "Ufa"dek klublarda erkin ijodkorlar bo‘lmaydi!

- Uni qanday o‘ynatmoqdasiz?
- O‘runov mudofaada o‘ynashga majbur. Bunga kuchi imkon beradi. U "portlovchi". Raqibni tezda berkitishga, jang taklif etishga va to‘pni olib qo‘yishga qodir. Hujumning oxirgi qismida esa ko‘proq samaraliroq bo‘lishi kerak. U bo‘sh hududga kirib borayotganda himoyachini aldab, darvoza tomon zarba bermoqda, yoki sheriklari zarba berishi uchun pas bermoqda.

- O‘runov uchun ideal pozitsiya?
- Sxemaga bog‘liq. Balki tayanch zonasi, balki hujum ortida. Ammo! U o‘zini jamoaning manfaatlariga bog‘lashi va taktik jihatdan to‘g‘ri o‘ynashni o‘rganishi kerak. Aks holda vaziyatni shunchaki kuzatadi va ushbu hududga harakatlanmaydi. Agar O‘runov men aytgan ishlarni bajarsa, u shu zahoti yangi darajaga ko‘tariladi, - deydi Rashid Rahimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rahimov: "O‘runov tushunishi kerak - u erkin ijodkor emas"