12:12 / 01.05.2021
1 639

Mirjalol Qosimov: «Kelasi yili OCHLda yana ko‘rishamiz degan umiddaman»


"Istiqlol"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Yovan Jokich ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: "O‘yin kutilganidek qiziqarli va shiddatli o‘tdi. Buni kechagi matbuot anjumanida ham ta’kidlab o‘tgandim. Kecha aytganimdek, AGMK muxlislar uchun g‘alabaga o‘ynadi va jamoa g‘ururini himoya qilish uchun ham kurashdi. AGMK musobaqa davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiradi. Biz birgina muxlis bizga ishqibozlik qilsa ham g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Albatta bugungi bahs ham og‘ir bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, "Istiqlol" klubini pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan jamoamiz nomidan tabriklayman.

Biz joylashgan "kvartet" juda kuchli guruh edi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Xattoki "Al Hilol"dek kuchli jamoaning taqdiri boshqa guruhdagi o‘yinga bog‘lanib qoldi.

Musobaqani yuqori darajada tashkil etgan mutasaddilarga minnatdorchilik bildiraman. Hayot esa davom etadi. Endi bor e’tiborni ichki chempionatga qaratamiz. Xudo xohlasa bu yil chempionatda yaxshi harakat qilsak, Insha Alloh kelasi mavsumda yana OCHL musobaqasida ko‘rishamiz, degan umiddaman". 

— Deyarli 3 hafta davomida zich taqvimda 6ta uchrashuv o‘tkazildi. Shunday bo‘lsada futbolchilarning harakatidan qoniqdingizmi?
— Biz o‘yinlarni tahlil qilib chiqamiz. Buning uchun bizga biroz vaqt kerak. Fursatdan foydalanib futbolchilarga rahmat aytaman hamda ularga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar har qanday holatda ham oxirigacha kurashishdi. Bizni chempionat o‘yinlari kutmoqda. Dam olishga vaqt yo‘q. Lekin shunga qaramasdan yigitlar bo‘lajak o‘yinlarga tayyor. Biz jiddiy guruhdan o‘rin olib, kuchli jamoalar bilan o‘ynadik hamda bu futbolchilarga o‘ziga xos maktab bo‘ldi va ushbu musobaqa ularni kelajakda o‘sishlariga yordam beradi, deb o‘ylayman.

— Jamoaingizdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berdingiz. Xususan yosh futbolchilar ham maydonga tushishdi. Bu jihat ularga kelajakda as qotadimi?
— Albatta bu as qotadi. Bunday nufuzli musobaqada kuchli jamoalar bilan bellashish, kurashish ularga kelajakda futbolchi sifatida o‘sishlariga yordam beradi. Ular ham musobaqadagi ishtirokidan to‘g‘ri xulosa qilib, qayerga intilish kerakligini tushunib olishadi, deb o‘ylayman. Sport bu kurashish degani. Doim yuqoriga kurashib, cho‘qqiga intilish kerak.

Yovan Jokich: "Afsuski guruhdan chiqolmadik. Bu futbol. Kelasi yili yana OCHL guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. Endilikda bizni chempionat kutmoqda va barcha diqqat-e’tiborni Superligada yaxshi ishtirok etishga qaratamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: «Kelasi yili OCHLda yana ko‘rishamiz degan umiddaman»