19:22 / 04.05.2021
1 650

Superliga. "Navbahor" "Qizilqum" maydonida durang o‘ynadi


O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
Dastlab, Mate Vatsadze mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi taymning o‘zida "lochinlar" Ehsoni Panchshanbening goli evaziga muvozanatni tikladi va ushbu hisob o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi. 
Shu tariqa, klublar 1 ochkodan bo‘lishib oldi. "Qizilqum" 6 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ochko to‘pladi va 8-o‘rinda bormoqda. "Navbahor" esa 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ochko to‘pladi. Namanganliklar onlayn jadvalda 10-pog‘onada.

QIZILQUM – NAVBAHOR - 1:1
Gollar:
Mate Vatsadze 9, - 1:0 (Salim Mustafoyev). Ehsoni Panshanbe 37, - 1:1 (Zabihillo O‘rinboyev).
"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullayev, 7. Oybek Qilichev (8. Giorgi Kuxianidze, 74), 10.Mate Vatsadze, 14.Fayzulla Qambarov, 17. Salim Mustafoyev (18.Jasur Azimov, 63), 19. Jamshid Hasanov (11.Shamsiddin Sagdullayev, 63), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 9.Behruz Sadilloyev, 25.Azizbek Usmonov, 44.Humoyun Abdualimov, 75. Oleg Tolmasov.

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 8.Sardor Telyakov, 9.Ivan Solovyov (25.Shohruh Mahmudhojiyev, 77), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (4.Farhod Mirahmatov, 69), 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 70.Abbos G‘ulomov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (67.Marko Putinchanin, 69).
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 6.Sherzod G‘ulomjonov, 20.Ilhomjon Aliboyev, 21.Komiljon Tojiddinov, 64.Muzaffar Mo‘minov, 77.Husayin Ergashboyev.
Ogohlantirishlar: Abbos G‘ulomov 35, Azim Ahmedov 45, Elguja Grigalashvili 52, Fayzullo Qambarov 70, Muhsin Ubaydullayev 90+1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Navbahor" "Qizilqum" maydonida durang o‘ynadi