21:35 / 04.05.2021
3 584

Bektemir Meliqo‘ziyev va doping bilan bog‘liq bo‘lgan xabar yuzasidan tushuntirish


Bugun UzNADA tomonidan Bektemir Meliqo‘ziyevga 4 yillik taqiq qo‘yilgani haqida xabar berildi. Ushbu xabar mazmunini ko‘pchilik o‘quvchilar noto‘g‘ri talqin qilishmoqda.

Bektemir Meliqo‘ziyev bilan aslida 2018 yil jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va tabiyki davolanish jarayonida qabul qilgan dorilarda ta’qiqlangan modda aniqlangan. Shu o‘rinda, bir narsani tushunish kerak. Oddiy paratsetamol tabletkasi ham sportchilar uchun ta’qiqlangan moddaga ega. Va aynan o‘sha 2018 yilda Meliqo‘ziyevda "furasemid" moddasi topilgan. Etibor bering, bu holat 2018 yilda bo‘lgan. Shundan so‘ng, u 2020 yil 27 fevralga qadar diskvalifikatsiya qilingan edi.

Bugungi xabardan keyin esa u ko‘pchilikda yana taqiqlangan modda iste’mol qilgan degan tasavvur paydo bo‘lgan. Aslida mutlaqo unday emas. Bektemir Meliqo‘ziyevga qo‘yilgan ta’qiq 2020 yil 9 avgust kungi tekshiruv xulosasidan so‘ng mutlaqo olib tashlangan edi. Ammo 2019 yildagi nazorat sinovi topshirilmagani va bu holat ta’qiq davriga to‘g‘ri kelgani sabab o‘sha muddatga ikki marta ko‘paygan holda yana 4 yil qo‘shilgan. Bitta narsaga etibor bering: bu doping iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holat.

Qolaversa, ushbu ta’qiq faqatgina AIBA tomonidan qo‘yilgan. Buni professional boksga mutlaqo aloqasi yo‘q. Shuningdek, xabarda uning 2020 yildan boshlab barcha natijalari va medallari bekor qilinadi deyilgan. 2020 yilda esa u havaskor boksda hech qanday musobaqalarda ishtirok etmagan. Demak unda bekor qilinadigan natija-yu medalni o‘zi yo‘q. Bektemir erishgan yutuqlar Olimpiada, Osiyo va Jahon chempionati medallari uning o‘zida qoladi.

Professional boksdagi faoliyatga keladigan bo‘lsak. Ushbu yo‘nalishda bokschilar har bir jang oldidan doping tekshiruvidan o‘tadi. Bektemir hozirga qadar 7 ta jang o‘tkazgan. Bu degani u 7 marta doping tekshiruvidan toza o‘tgan degani. Ya’ni, bugungi gaplarni professional faoliyatga mutlaqo aloqasi yo‘q. Ushbu vaziyat Meliqo‘ziyevning professional boksdagi faoliyatga hech qanday salbiy ta’sir qilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev va doping bilan bog‘liq bo‘lgan xabar yuzasidan tushuntirish