10:13 / 05.05.2021
2 720

Davron Fayziyev PSJ haqida: Na taktika, na iroda, na intizom


Taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziyev o‘z "Telegram" kanalida "Manchester Siti" - PSJ o‘yinidan keyingi fikrlarini yozib qoldirdi:
"Manchester Siti" haqli tarzda g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi bor finalga chiqdi. Gvardiola necha yillik mehnati samarasini ko‘rsatdi. Finalda yutqazsa ham, undagi ishtirok tarixiy natija bo‘lib qoladi. Yarim finalda ustun kelishning asosiy omili - tartib-intizom! Anatyura va tavakkalchilikni nol darajaga tushirish. Murabbiy qo‘li shubhasiz. Shuningdek, De Bryuyne, Mahrez, Diash, Diash, Foden, Gyundogan, Zinchenkoning maksimal darajasini kerakli paytda ko‘rsatgani.

PSJ balki mavsumning eng yorqin futbol ko‘rsatgan jamoasidir. Ammo faqatgina ijrochilar hisobiga. Na taktika, na iroda, na intizom. Gap faqat yarim final haqida. Ungacha bo‘lgan yorqin uchrashuvlar uchun parijliklarga rahmat. Konkret sabablar, birinchi bahsning ikkinchi taymida birdan ortga chekinish, Mbappening jarohati, Neymarga o‘yin berilmagani, Ikardi nol darajani ko‘rsatgani, markaz Verattidan tashqari darajasi yuqori emasligi, qanot himoyachilari faqat himoyalangani va yana ko‘p omillar. Yana bir narsa, ikki gal ham chiroyli o‘yinlar taassurotini hunuk yakun buzib qo‘ymoqda. Sindirishga o‘ynaganlar chiqib ketgani adolatdandir.

Ertaga ikkinchi finalchi aniqlanadi. Ikkala variant derbi. "Chelsi" chiqsa Angliya derbisi. "Real" chiqsa kallar derbisi. Hazil albatta. Yevrokuboklarning ikki buyuk rekordchi murabbiylari derbisi. Tanlang", - deb yozdi Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev PSJ haqida: Na taktika, na iroda, na intizom