02:40 / 06.05.2021
2 583

ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda


Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchdi.
Hisobni ochib bergan gol 28-daqiqada Timo Verner tomonidan kiritildi. Xaversning zarbasidan keyin to‘singa tekkan to‘pni Verner bo‘sh qolgan darvozaga kiritdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Pulishichning uzatmasidan keyin Maunt jamoasining ishonchli hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, "aristokratlar" ikki bellashuv natijasiga ko‘ra, 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.

"Chelsi" – "Real Madrid" 2:0
Gollar:
1:0 – 28 Verner, 2:0 – 85 Maunt.
Birinchi uchrashuv: 1:1
"Chelsi" – Mendi, Aspilikueta (Djeyms, 88), Tiago Silva, Ryudiger, Chiluell, Maunt (Ziyesh, 89), Jorjino, Xaverts (Jiru, 90), Kante, Kristensen, Verner (Pulishich, 67).
"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Militao, Nacho, Mendi (Valverde, 63), Kroos, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 63), Kazemiro (Rodrigo, 76), Azar (Mariano Dias, 89), Benzema.
Ogohlantirishlar: Jorjino (14), Ramos (37), Kristensen (39), Nacho (62), Kroos (72), Maunt (87), Valverde (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda