2 169
Xyuistra: "Paxtakor"ning moliyaviy holati avvalgidek emas. Shu bois yoshlarga ko‘proq e’tibor beramiz"
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Superliganing yettinchi turida Yaypanda "Turon" mehmoni bo‘ldi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o‘tdi.
Xyuistra:
"Turon"ga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Ular juda yaxshi stadionga ega ekan. Maydon maysasi ham yaxshi holatda. Infratuzilmasiga katta e’tibor qaratayotgan klublarning ko‘payishi Superliga uchun foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda tashabbus tomonimizda bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik va hakam tomonidan belgilangan penaltidan so‘ng hisobda oldinga chiqib oldik. Tanaffusdan so‘ng bo‘shashganimiz bois futbolchilar bir nechta xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Mana shu xatolar hisobni tenglashishiga olib keldi. Ushbu goldan so‘ng mezbonlar yanada qo‘shimcha kuch olib oldinga intilishdi. "Turon" bugun maydonning har bir qarichi uchun kurashganini aytib o‘tishim kerak. Darvozamizdan to‘p olib chiqqanimizga qaramay keyingi daqiqalarda xotirjam o‘yinni nazorat qildik. Raqib darvozaboni ham yaxshi o‘yin namoyish qildi. G‘alabaga haqli edik, deb hisoblayman.
- Uzoq parvoz, OCHLda har uch kunda o‘yin o‘tkazish ham jamoaning bugungi natijasiga ta’sirini o‘tkazdimi?
- OCHLda qisqa vaqtda oltita o‘yin o‘tkazganimiz jismoniy holatimizga ta’sir qildi, deb o‘ylamayman. Buni bahona sifatida keltirmoqchi emasman. Biz har doimgidek o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Bugun kim tayyor bo‘lsa o‘sha futbolchilarni maydonga tushirdik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytirishdi. Bir nechta yaqqol golli vaziyatlarimizda raqib posboni o‘zini ko‘rsatdi. Muxlislar tinmay qo‘llab-quvvatlab hakamga ham bosim o‘tkaza olishdi. Shuning uchun ayrim vaziyatlarda hakam xolis qaror qabul qilmagandek ko‘rindi.
- "Paxtakor" mavsumni juda yaxshi boshlagandi. Biroq ketma-ket muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng "o‘ra"ga tushib qoldi. Jamoaning g‘alabali seriyasi qachon boshlanadi?
- Mavsum boshida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondik. OCHL guruh bosqichida esa bitta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Oxirgi yillardagi va bu mavsumdagi "Paxtakor" o‘rtasida farq bor. Tarkibni yetakchilar tark etishdi. Moliyaviy jihatdan oldingidek emasmiz. Shu bois ko‘proq yoshlar bilan ishlab ularning darajasini ko‘tarishga harakat qilamiz. Bu menga yoqadi. "Paxtakor"da juda yaxshi akademiya bor. OCHLda ham o‘zlarining sifatlarini ko‘rsata olishdi.
- Dragan Cheranning O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi haqida xabarlar chiqdi. Bu qay darajada haqiqatga yaqin?
- Agarda Dragan Cheran O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynasa juda yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Lekin bu haqida aniq ma’lumotga ega emasman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi