
Angliya Premer-ligasida 34-turning qoldirilgan o‘yini o‘tkazildi. Unda "Manchester Yunayted" maydoniga safar qilgan "Liverpul" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Brunu Fernandesh hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar safida dubl qayd etgan Firmino hamda bi gol urgan Jota tarozi pallalarini jamoasi tomon o‘zgartirdi. Ikkinchi taymda Reshford hisobni qisqartirdi. Asosiy vaqt so‘ngida Salah birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, 60 taga yetkazib olgan holda, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 2-pog‘onani band etgan MYU hisobida 70 ochko mavjud.
Manchester Yunayted – Liverpul 2:4
Gollar: Fernandesh (10, 1:0), Jota (34, 1:1), Firmino (45+3, 1:2), Firmino (47, 1:3), Reshford (68, 2:3), Saloh (90, 2:4).
Manchester Yunayted – Xenderson, Shou, Lindelef, Bayi (Bayi, 86), Uan-Bissaka, Maktomini, Pogba, Fred (Grinvud, 63), Brunu Fernandesh, Kavani, Reshford.
Liverpul – Alisson, Fillips, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabino, Veynaldum (Jons, 74), Saloh (N.Uilyams, 90+2), Tiago Alkantara, Diogu Jota (Mane, 74), Firmino.
Ogohlantirish: Bayi (48), Maktomini (80), Kavani (85).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar